Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Toshkent shahar prokuraturasidagi qiynoq haqidagi xabar Ombudsman tomonidan o‘rganilmoqda
Joriy yilning 02 fevral kuni Aspekt24ning you tube ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida “Toshkent shahar prokuraturasida deputatni qiynoqqa solishdimi” sarlavhasi ostida videoxabar tarqaldi.

Unda joriy yilning 26 yanvar kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro X.Raxmonovga nisbatan qamoqqa olish tartibidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan  rad etilib, fuqaroni sud zalidan darhol ozod etish to‘g‘risida qaror chiqarilgan bo‘lsada u qo‘yib yuborilmasdan shahar prokuraturasiga olib borilib qiynoqqa solingani xabar qilingan. 

Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan o‘rganishga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat kiritildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari