Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryodagi Maxsus qabulxona sharoitlari o‘rganildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Mirzaobod tumanidagi Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Maʼmuriy qamoqqa olinganlarni Maxsus qabulxonaga qabul qilish chog‘ida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda qamoqqa olingan shaxslar haqida maʼlumot uning qarindoshlariga telefon orqali darhol xabar qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Maxsus qabulxonaning qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganilganda, kameralar to‘liq issiqlik bilan taʼminlanaganligi aniqlandi.

Maxsus qabulxonada saqlanayotganlar uchun sayrga chiqish joylari, ularning shaxsiy buyumlarini saqlash va qaytarib berish, tibbiy xizmatdan foydalanish xonalari hamda oshxona va kunlik menyu ko‘zdan kechirildi.

Monitoringda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha muassasa rahbariyatiga Ombudsman mintaqaviy vakili tomonidan tavsiyalar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari