Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Andijondagi maxsus qabulxonada harorat qay darajada?
2023 yilning 13 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijondagi mintaqaviy vakili Viloyatdagi Maʼmuriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

140 nafar huquqbuzarlarni saqlashga mo‘ljallangan Maxsus qabulxonada o‘rganish kuni 112 nafar shaxs saqlanayotganligi aniqlandi.

Monitoring davomida mahbuslarning yashash, ovqatlanish, sayr qilish, tibbiy xizmatdan foydalanish, sanitariya sharoitlari o‘rganildi va xonalarning isitilishi holati tekshirildi.

Ombudsman mintaqaviy vakili Maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar bilan yakka tartibda va jamoaviy suhbatlar o‘tkazib, ularning sharoitlar va xodimlarning muomalasi haqidagi fikrlarini o‘rgandi.

  Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari