Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xorazmdagi 11-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
2023 yilning 18 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov 11-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Monitoring tekshiruvi davomida hibsxonada jami 228 nafar mahkum va mahbuslar saqlanayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Monitoringda dastlab hibsxonadagi uzoq muddatli uchrashuv xonasi va fuqarolarni qabul qilish xonasi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, monitoring tashrifida hibsxona hududi, umumiy foydalanadigan xonalar, oshxona va omborlarning sanitariya holati tekshirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Hibsxonada saqlanayotgan 2 nafar mahkum mintaqaviy vakil tomonidan qabul qilinib, ular suhbat davomida sud va tergov jarayoni bo‘yicha noroziligini bildirishdi. Ularga huquqiy tushuntirish berildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari