Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryoda maʼmuriy qamoqqa olinganlarning saqlash sharoitlari o‘rganildi
2023 yilning 13 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov Viloyatdagi Maʼmuriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Maxsus qabulxonaning sig‘imi 60 nafar shaxsga mo‘ljallangan bo‘lib, tashrif kunida 45 nafar maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanayotganligi aniqlandi.

Kameralarga ikki qavatli yotoq joylari, stol va stul (o‘rindiq)lar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan tumba, kiyim-bosh uchun ilgich, axlat qutisi, sunʼiy shamollatish tizimi (ventilyatsiya) va isitish tizimi (akva bateriya)lar o‘rnatilgan.

Maxsus qabulxonada maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar uchun qaynatilgan ichimlik suvi koridorda chelaklarda saqlanadi.

Monitoringda maʼmuriy qamoqqa olinganlarning yashash, ovqatlanish va tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlari o‘rganildi. Tibbiy bo‘limda feldsher shtati ajratilgan bo‘lib, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kerakli dori-darmonlar mavjudligi aniqlandi.

Aniqlanishicha, maʼmuriy qamoqqa olinganlarni qabul qilish chog‘ida ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish darhol amalga oshirilgan va bu haqida “Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish” kitobiga qayd etib borilgan.

Monitoring tashrifida maxsus qabulxonada saqlanayotgan 25 nafar shaxslar bilan ommaviy suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat davomida ular maxsus qabulxonadagi sharoitlardan va oziq-ovqat taʼminotidan shikoyatlari yo‘qligini bildirishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari