Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Andijondagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyidagi sharoitlar o‘rganildi
2023 yilning 6 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvohidova Izboskan tumanida joylashgan Chuama “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Muassasa 345 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, monitoring o‘tkazilgan kunda muassasada 341 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qilayotganligi aniqlandi.

Monitoringda internat uyida yashovchi qariyalarni, dam olishlari, sayr qilishlari hamda bo‘sh vaqtlarida o‘zlari yoqtirgan qo‘l mehnati bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Internat uyida yashovchi fuqarolarning yashash xonalari ko‘zdan kechirildi va muloqotga layoqatlilari bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi. Ushbu suhbatlar davomida fuqaro N.A. chuqurlashtirilgan tibbiy yordamga muhtojligini bildirdi. Ushbu holat joyida hal etilib, fuqaroni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish chora-tadbirlari ko‘rildi.

Monitoring yakunida Chuama “Muruvvat” uyida yashayotgan nogiron qariyalarni vaqtida va belgilangan talablar asosida ovqatlanishlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari