Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“OMBUDSMAN QUTISI”dagi murojaat izidan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili(ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi 21-son Jazoni ijro etish koloniyasida joylashtirilgan “Ombudsman qutisi” orqali kelib tushgan mahkuma F.J.ning farzandlariga moddiy yordam ajratilishida amaliy yordam so‘rab yozgan murojaati Ombudsmanning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili tomonidan hududiy mansubligi tufayli  o‘rganib chiqildi. Mahkuma o‘z murojaatida qilgan jinoyatidan qattiq pushaymonda ekanligini bildirib, sodir etgan jinoyati uchun barchadan kechirim so‘ragan. Uning voyaga yetmagan bolalari (9 yosh va 2 yosh) va nogiron onasi moddiy jihatdan juda qiynalayotganligini bildirib, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlashda amaliy yordam so‘ragan.  

Mintaqaviy vakil tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mahkumaning uyida bo‘lib, nogiron onasi va uning ikkita voyaga yetmagan bolalari ahvolidan xabar olindi va ularga yordam berish choralari ko‘rildi.

Ushbu oilani moddiy qo‘llab-quvvatlash, tibbiy va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish bo‘ycha aniq manzilli ishlar amalga oshirildi. Uning katta bolasi buvisi va yaqin qarindoshi qaramog‘ida va kichik farzandi mahalladagi oilaviy mehribonlik uyi qoshidagi xususiy bolalar bog‘chasiga joylashtirildi. 

  Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati