Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Xavfsiz hayot uchun” marafoni o‘tkazildi
Maʼlumotlarga ko‘ra, 2022 yil davomida respublikada jami 9 902 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan bo‘lib, ularda 2 356 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 9 606 nafari jarohatlangan.

Shuningdek, o‘tgan Respublikamiz hududida 29 942 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Ushbu yo‘nalishlarda voyaga yetmaganlar, yoshlar, ayollar, ishsizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, shuningdek, yo‘l-transport hodisalari oqibatida vafot etayotgan hamda nogiron bo‘lib qolayotgan holatlarni oldini olish maqsadida 2023 yilning 1 mart kunidan boshlab “Xavfsiz hayot uchun” aksiyasiga respublika bo‘ylab start berildi.

Mahallalarda, maktabgacha taʼlim muassasalarida va umumtaʼlim maktablarda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish maydonchalari va sinfxonalarida «Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi», «Yashil chiroq», «Yo‘l harakati xavfsizligi bilimdoni» kabi musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Aksiya doirasida  joriy yilning 5 mart kuni viloyat markazlarida “Xavfsiz hayot uchun” marafoni, yaʼni velosipedchi va piyodalar yurish marafonlari o‘tkazildi. Belgilangan masofalar distansiyasi velosipedchilar uchun 7 km., piyodalar 3 km.ni tashkil etdi.

Marafon bir vaqtining o‘zida yurtimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar markazlarida ertalabki soat 08:00 da boshlandi. Unda Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) Aliya Yunusova ham ishtirok etib, marafonda ishtirok etayotgan bolalar bilan muloqot qildi.

 “Xavfsiz hayot uchun” aksiyasini nafaqat hududlar markazlarida, balki tuman-qishloqlarda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati