Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Human Rights Watch” tashkilotining 2022 yilgi hisoboti bo‘yicha munosabat
“Human Rights Watch” xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkiloti 2022 yilgi hisobotida, 2022 yilning 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan namoyishlarda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan namoyishchilarni tarqatish maqsadida haddan tashqari kuch ishlatgani oqibatida ko‘plab fuqarolar og‘ir tan jarohati olgani va baʼzilari vafot etgani aytilgan. Shuningdek, namoyishlarda 500 dan ortiq shaxslar hibsga olingani va ushbu axborot tayyorlanayotganda ularning qanchasi hibsda saqlanayotgani nomaʼlum ekanligi qayd etilgan.

Shuni maʼlum qilamizki, 2022 yilning 12 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya Bosh prokuraturaga so‘rov kiritib, masalaga oydinlik kiritgan va o‘sha paytda mazkur ish yuzasidan 39 nafar shaxs qamoqda saqlanayotgani keng jamoatchilikka maʼlum qilingan.

Namoyishlarni bostirish va qamoqda saqlash vaqtida qo‘lga olinganlarga nisbatan qiynoq holatlarining qo‘llanilgani masalasi Mustaqil komissiya aʼzolari tomonidan o‘rganilgan. Shunga ko‘ra, yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslar va maʼmuriy javobgarlikka tortilgan va qo‘yib yuborilganlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar tahliliga ko‘ra, ruhiy va jismoniy qiynoq holatlari xususida biror bir maʼlumot aniqlanmadi.

Bundan tashqari, D.Tajimuratov bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida, u saqlash joyi va sharoiti, qiynoq hamda ruhiy bosimlar bo‘lmaganligi xususida maʼlum qilgan edi. Lekin, sud jarayonida u aynan ushlash vaqtida unga tan jarohat yetkazilganlgini bildirib o‘tgan.

“Human Rights Watch” tashkilotining 2022 yilgi hisobotida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan namoyishlar bo‘yicha mustaqil o‘rganish ishlarini olib borayotgan Komissiya tarkibi uni haqiqatdan ham mustaqil deb tan olinishiga imkon bermasligi qayd etilgan. Lekin, bu fikr asoslantirilib berilmagan. Ushbu inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotning aynan qaysi Komissiya aʼzolariga nisbatan ishonchsiz kayfiyatda ekani ochiqlanmagan.

Inson huquqlari himoyasi yo‘lida faoliyat olib boruvchi “Human Rights Watch” xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotining Komissiya aʼzolarini qadr-qimmatini kamsitilishiga va hurmatsizlantirilishiga olib keluvchi ushbu xulosasi umumeʼtirof etilgan xalqaro normalarga zid ekanligiga ishonchimiz komil. Qolaversa, Komissiyaning yakuniy xulosasi ham hali eʼlon qilinmagan. Demak, xulosa chiqarishga hali erta.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati