Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Turkiya Ombudsmani institutining 10 yilligi nishonlandi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova 2023 yilning 11-12 yanvar kunlari Turkiya Respublikasi Bosh ombudsmani tomonidan Turkiyaning Anqara shahrida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda. “XXI asrda Inson huquqlari kelajagi” mavzusida tashkil etilgan mazkur xalqaro tadbir Turkiya Ombudsmani instituti tashkil etilganligining 10 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda. Unga 60 dan ortiq xorijiy davlatlarning Ombudsmanlari, O‘zbekiston, Qozig‘iston, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Italiya, Afrika, Ruminiya, Moldova, Keniya, Serbiya, Vengriya, Norvegiya, Fransiya, Qatar, Filippin, Pokiston, Bangladesh va boshqa qator mamlakatlar Ombudsmanlari ishtirok etishdi.   

Mazkur konferensiyada aholining zaif qatlamlari, ayniqsa ayollar, voyaga yetmaganlar, keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarning huquq va erkinliklarini XXI asrdagi muammolardan kelib chiqib, samarali himoya qilishda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning o‘rni muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, Sharq va G‘arb ombudsmanlarini birlashtirish, turli mamlakatlarning ilg‘or tajribalari bilan tanishish orqali inson huquqlarini himoya qilish va ilgari surish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsad qilingan.

Kunning ikkinchi yarmida Ombudsmanlar delegatsiyalari aʼzolari  Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tashrif buyurishdi.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an  o‘z so‘zida Ombudsman institutining o‘rni va ahamiyatiga to‘xtaldi. 2012 yilda Turkiya prezidenti tashabbusiga ko‘ra, davlat organlari ustidan nazorat qiluvchi tashkilot sifatida Turkiya Ombudsmani instituti joriy etilgan.

Shundan so‘ng, delegatsiya aʼzolari Turkiya Prezidenti Administratsiyasi hududida tashkil etilgan kutubxonaga tashrif buyurishdi. Qayd etilishicha, mazkur kutubxonaning ochilish marosimida shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirok etgan. Kutubxonadagi kitob javonlari jamlanganda 3 kilometrni tashkil etuvchi mazkur dargohda O‘zbekiston uchun ham alohida burchak tashkil etilgan. Boy milliy va madaniy meroslarni jamlagan mazkur kutubxona xizmatlaridan oddiy fuqarolar ham foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, Turkiya parlamentiga ham tashrif buyurildi va mehmonlar ular faoliyati bilan tanishtirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari