Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman AQSH Davlat departamentining Xalqaro diniy erkinlik ofisi koordinatori bilan uchrashdi
2022 yilning 12 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova va AQSH Davlat departamenti Xalqaro diniy erkinlik idorasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha koordinatori Robin Shulman o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro muloqot davomida mehmonlarga mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek Ombudsman institutining faoliyat yo‘nalishlari, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, o‘zaro muloqot davomida hamkorlikning muhim yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari