Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Ijtimoiy ishning professionalizatsiyasi - ijtimoiy xizmatlar sifatining kafolati” mavzusida yozgi maktabi tashkil etildi
2022 yilning 30 iyul kuni Samarqand shahrida Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetida Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston ijtimoiy ish maktablarining Milliy Assotsiatsiyasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RBIMM) hamkorligida Karitas Germaniya Assotsiatsiyasining Tojikistondagi filiali tomonidan amalga oshirilayotgan “Ijtimoiy ishning professionalizatsiyasi - ijtimoiy xizmatlar sifatining kafolati” mavzusida Yozgi maktabi tantanali ravishda o‘z ishini boshladi. 5 avgustga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yozgi maktabda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi universitetlarining ijtimoiy ish kafedrasi o‘qituvchilari, loyiha hamkorlari va trenerlar ishtirok etishdi.

Yozgi maktabning ochilish marosimida Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar Ombudsmani) Aliya Yunusova kirish so‘zi bilan ishtirok etdi va o‘z so‘zida bola huquqlarini taʼminlashda ijtimoiy xizmatlar sifatini yana-da oshirishning muhim jihatlariga to‘xtaldi.

Maktab mashg‘ulotlari doirasida bolalar huquqi, noinstitutsionallashtirish, inklyuziv jamiyat, Ijtimoiy ish kasbi, uning asoslari, ijtimoiy ish xodimining salohiyati, ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish texnologiyalari kabi mavzularda treninglar, mahorat darslari o‘tkazildi.Qayd etish lozimki, ushbu mavzular oliy o‘quv yurtlaridagi Ijtimoiy ish yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi professor-o‘qituvchilarning xalqaro tajriba, mamlakatimizdagi islohotlar mazmunini chuqur o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati