Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Surxondaryodagi tergov hibsxonasida sharoitlar qanday?
2022 yil 16 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyati mintaqaviy vakili A.Artikov 9-sonli tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Tergov hibsxonasida 6 mart holatiga ko‘ra jami 430 nafar mahbus bo‘lib, shundan 18 nafarini ayollar tashkil qiladi.

Mintaqaviy vakil tashrifni hibsxona Maʼrifat xonasidan boshladi. Muassasa boshlig‘i X.Davlatov bundan olti oy oldin Maʼrifat xona taʼmirtalab bo‘lganligi sababli xodimlarga Maʼnaviy va maʼrifat o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tish qiyinchiliklar tug‘dirganligini, juda qisqa fursatda Maʼrifat xona joriy taʼmirlanganligini va jihozlanganligini taʼkidlab o‘tdi.

Tashrif davomida xodimlar uchun mo‘ljallangan kutubxona ham ko‘zdan kechirilib, xodimlarning bilim saviyasini oshirish uchun kitoblar sonini yana-da ko‘paytirish, kompyuter bilan jihozlab, elektron kitoblar bilan ham taʼminlash choralarini ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, Mintaqaviy vakil hibsxonada o‘rnatilgan yangi isitish tizimidan (qozonxonadan) foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish lozimligini, kunlik yo‘riqnomalarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tilishi lozimligini taʼkidladi.

Monitoring davomida muassasada saqlanayotgan shaxslar uchun ovqat tayyorlanadigan oshxona ko‘zdan kechirilib, tibbiyot bo‘limi xodimlariga u yerda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish lozimligi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Muassasa maʼmuriyati hozirgi kunda oshxonada taʼmirlash ishlari olib borilayotganligini va zamon talablariga mos ravishda jihozlanishini maʼlum qildi.

Hibsxonada saqlanayotgan shaxslarni saqlash sharoitini o‘rganish uchun hibsxonaning 1-qavatida joylashgan saqlash xonalari (kameralar) o‘rganildi. O‘rganish davomida 1-qavatdagi kameralarda saqlanayotgan shaxslar bilan jamoaviy suhbatlar o‘tkazildi. Suhbatlar davomida hibsxonada saqlanayotgan shaxslar muassasada yetarlicha shart-sharoitlar bilan taʼminlanganliklarini, xususan yotoq joylarida va issiq ovqat bilan taʼminlanishda muammolar yo‘qligini, kameralarning isitish tizimidagi harorat muassasa maʼmuriyati tomonidan muntazam ravishda nazorat qilinayotganligini maʼlum qildilar.

Shu bilan birga, Mintaqaviy vakil hibsxonada xo‘jalik ishlariga jalb etilgan mahkumlar bilan ham suhbatlashildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari