Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanga nogironlikni belgilash bo‘yicha murojaat kelib tushdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsmanga)  Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro D.D.dan nogironlik belgilashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Aniqlanishicha, fuqarodan 2018 yili saraton kasalligi aniqlangan. Uning yozishicha, kasallik xarajatlarining ko‘pligi sababli, oilasi mahalladagi “Temir daftar” ga kiritilgan.

Murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilinganida fuqaro D.D.ning kasalligi bo‘yicha  poliklinikada hisobda turganligi va yashash joyidagi Tibbiy maslahat komissiyasi tibbiy hujjatlarini  nogironlikni belgilash masalasida  Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga taqdim etilmaganligi maʼlum bo‘ldi.

Murojaat nazoratga olinishi natijasida fuqaro D.D. tegishli mutaxassislar ishtirokida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va unga umumiy kasallik sababi bilan bir yil muddatga  nogironlikni ikkinchi guruhi belgilandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari