Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining aʼzolari Ombudsmanning 2021 yildagi faoliyatini qanday baholadi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Ombudsman Feruza Eshmatovaning maʼlum qilishicha, hisobot davrida Vakil nomiga jami 18738 ta murojaat tushgan. Ularning 16559 tasi fuqarolardan, 2120 tasi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘lsa, 59 tasi xorijiy davlatlardan kelgan. Bunda xotin-qizlardan tushgan murojaatlar 8054, erkaklardan 9859, jamoaviy shaklda bo‘lgan murojaatlar esa 825 tani tashkil etdi.

Murojaatlarning 1321 tasiga huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi. 6160 tasi davlat hokimiyati va tegishli idoralarga yuborildi. Parlament nazorati subyekti sifatida 11257 ta murojaatni Ombudsman o‘z ish yurituviga oldi. Ularning 2517 tasi ijobiy hal etilgan. Takroran yuborilgan murojaatlar 4655 tani tashkil qildi.

Vakillik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash hamda ijro intizomi talablarini buzgan, masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan 82 nafar xodimga “hayfsan”, 9 nafarga “jarima” chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa, 8 nafar xodim vazifasidan ozod qilindi.

O‘z navbatida, Ombudsmanning o‘tgan yilda taʼsir choralarini qo‘llashi va ularning samaradorligi 2020 yilga nisbatan 2,4 barobarga oshdi. Ombudsman tomonidan 39 ta qonun loyihasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining 141 ta moddalariga taklif va mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilishda deputatlar Ombudsman faoliyati bilan batafsil tanishib, uning samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan holda, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni maʼqulladi.