Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Samarqanddagi 7-son tergov hibsxonasidagi mahbuslar qanday masalada murojaat qilishdi?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsmanga) Samarqand viloyatidagi 7-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan 3 nafar fuqarodan murojaat yuborilgan edi. Mazkur murojaat yuzasidan to‘liq axborot olish maqsadida Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Ilxomjon Tuxtasinov ushbu muassasaga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida mahbuslar 7-son Tergov hibsxonasidagi shart-sharoitlaridan shikoyatlari yo‘qligi, advokatlari bilan uchrashuvlar moneʼliksiz tashkil etilayotganligini taʼkidlashdi.

Hibsda saqlanayotgan bir nafar fuqaro bo‘lib o‘tadigan sud jarayonida Ombudsman xodimlarining ishtirok etishini so‘radi. Fuqaroning murojaati qanoatlantirilib, sud majlisida ishtirok etish bo‘yicha masʼul  belgilandi.

Shuningdek, ayrim mahbuslar sud-tergov jarayonlarining borishi bo‘yicha murojaat qoldirdilar.

O‘tkazilgan monitoring tashrifi davomida mahkum va mahbuslarni yashash va ovqatlanish, mehnat qilish sharoitlari va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish kabi holatlar ham o‘rganildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari