Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Gurlan tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Xamro Bektemirov joriy yilning 25 sentabr kuni viloyatdagi chekka hududlaridan biri hisoblangan Gurlan tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qayd etish joizki, mintaqaviy vakil fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan keng foydalangan holda xorazmliklar uchun maxsus telegramm kanal faoliyatini yo‘lga qo‘yib, u orqali fuqarolar murojaatlarini qabul qilmoqda. Bunda fuqarolar familiyasi, ismi va sharifi, murojaatning qisqacha mazmuni va bog‘lanish uchun telefon raqamlarini qoldirishlari lozim. Shundagina mintaqaviy vakil murojaatchi bilan aloqaga chiqib, o‘z vakolatlari doirasida masalani o‘rganib chiqish va hal etish choralarini ko‘radi.

Gurlan tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul o‘tkazilishi haqidagi xabar ham aynan ushbu kanalda eʼlon qilingan.

Sayyor qabulga 50 nafarga yaqin fuqarolar tashrif buyurdilar. Murojaatchilar Gurlan tumanidagi bir qator maktablarga isteʼmol uchun ichimlik suvining vaqtli berilishidan norozi bo‘lib, uni maktab vaqtiga to‘g‘irlanishida yordam so‘rab murojaat qildilar.

Mintaqaviy vakil darhol tegishli davlat tashkilotiga fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilgan muammolar  yuzasidan choralarni ko‘rib, ichimlik suvi muammosining hal etilishiga kirishdi.

Shuningdek, umumtaʼlim maktablarida o‘quv jihozlari va sport inventarlarining yetishmasligiga oid murojaatlari ham joyida hal etildi.

Qabul davomida fuqarolardan mehnat huquqlarini tiklash, ishga joylashtirish bilan bog‘liq 10 ga yaqin murojaatlari kelib tushdi. Dastlab, fuqarolarga mehnat huquqlari va majburiyatlari tushuntirilib, mazkur murojaatlar mintaqaviy vakil nazoratiga olindi. 

Shu bilan birga sayyor qabulda fuqarolardan ijtimoiy yordam, taʼlim sifati, sud-huquq yo‘nalishlariga oid murojaatlar ham kelib tushdi.

Maʼlumot uchun: Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Xamro Bektemirov har haftaning juma kunlari murojaatchilarni qabul qiladi.

 

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati