Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Qashqadaryodagi vakili yopiq muassasalardagi saylovga tayyorgarlik jarayonlarini monitoring qilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi Mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov viloyatdagi 2-sonli  jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Dastlab mintaqaviy vakil mahkumlarning mehnat sharoitlari bilan tanishdi. Maʼlum bo‘lishicha muassasa 2300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, xozirda bu yerda 1036 nafar mahkum saqlanmoqda. Mahkumarning 90% ish bilan band. Ularning aksariyati hunar o‘rganib, koloniyadagi ishlab chiqarish sexdarida qolganlari esa koloniyadagi xo‘dalik ishlariga jalb etilgan.

Monitoring davomida Murodulla Normuradov mahkumlarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlarini ham o‘rganib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek 5 nafar mahkumning iltimosiga ko‘ra, ular murojaatlari yakkama-yakka tartibda qabul qilindi va o‘rganish uchun olib ketildi.

Ushbu muassasada Qarshi shahri xududiy 13-saylov okrugi saylov uchastkasi joylashgan. O‘rganish jarayonida mintaqaviy vakilga saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan mahkumlar va saylovga tayyorgarlik jarayonlari haqida ham maʼlumot berildi.

Ombudsmanning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov Qarshi shaxridagi 5-sonli tergov hibsxonasiga ham monitoring o‘tkazdi.

Aniqlanishicha, mazkur tergov hibsxonasi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda unda 529 nafar mahkum va mahbuslar saqlanmoqda. Mintaqaviy vakil muassasadagi saqlanuvchilar soni belgilangan sig‘imdan ortib ketgani hamda ushbu holatning mahkum va mahbuslarning yashash sharoitlariga taʼsirini o‘rgandi.

Terov hibsxonasida saqlanayotgan 18 nafar ayol mahbuslardan 3 nafari yakkama-yakka tarzda qabul qilinishini so‘radi. Shuningdek, yana 10 nafar mahkum ham mintaqaviy vakil qabulida bo‘ldi. Suhbat davomida ular  asosan sud-tergov jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar haqida murojaat qilishdi. Olingan murojaatlar o‘rganish uchun olib ketildi.

Shuningdek, 5-son tergov hibsxonasida joylashgan 75-saylov uchastkasi ham ko‘zdan kechirildi. Taqdim etilgan maʼdumotlarga ko‘ra, hozirda muassasada saqlanayotgann 491 nafar mahkum saylash huquqiga ega. Qayd etish lozimki, ular soni hibsxonaga olib kelinadigan va uni tark etadigan mahbuslar hisobidan har kuni o‘zgarib turishi mumkin. Aniq saylovchilar ro‘yxati saylovdan 3 kun oldin eʼlon qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari