Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Mehnat huquqlarining taʼminlanishi Ombudsman eʼtiboridagi masala
 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanining Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida ishlab kelayotgan va 2018 yilda bola parvarishi taʼtiliga chiqqan xamshira S.K.ning o‘z lavozimiga tiklanishi yuzasidan murojaati kelib tushdi.

Murojaatda aytilishicha, 2016–2018 yillarda Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning stomatologiya shifokori xonasida xamshira lavozimida mehnat qilayotgan va 2021 yilda bola parvarishi taʼtilidan qaytgan xamshiraga rahbariyat tomonidan boshqa xodimning o‘rniga o‘rindoshlik asosida ishga o‘tishi taklif qilingan. Poliklinika bosh shifokori, xamshira rozi bo‘lmasa-da, uni o‘rindoshlik asosida boshqa ishga qabul qilinishini talab qilgan.

Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, atroflicha o‘rganilishi natijasida ko‘tarilgan muammo ijobiy hal etildi. Hozirgi kunda xamshira o‘z lavozimiga tiklanib, mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.

Sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritib kelayotgan fuqaro  J.M.ning Ombudsmanga yo‘llangan murojaatida u 2021 yilning aprel oyida buyruq asosida Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limiga xamshira lavozimiga ishga qabul qilingan. Ammo, murojaatda qabul bo‘limining katta hamshirasi B.R. tomonidan xamshira J.M.ning ish faoliyatiga to‘sqinlik qilinayotganligi aytib o‘tilgan.   

Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib o‘rganilganda, unda ko‘rsatilgan holat o‘z tasdig‘ini topgan. Natijada mehnat intizomi va ichki tartib-qoidalarini buzgan hamda ish joyida xodimlar o‘rtasida nosog‘lom  muhitni keltirib chiqargan katta xamshiraga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-qismiga muvofiq “xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Matbuot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari