2022 yilning 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov Farg‘ona viloyat IIB Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo‘limi vaqtincha saqlash hibsxonasida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning sharoitlari bilan tanishdi. Monitoringda Farg‘ona viloyat prokuraturasining ichki ishlar idoralarida qonunlar ijrosi ustidan nazoratni taʼminlash bo‘limi prokurori S. Igamberdiyev, “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Farg‘ona shahar bo‘limi rahbari M.Jo‘rayevlar ham ishtirok etishdi.