Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
murojaat
Fuqaroning mehnat huquqlari tiklandi
19 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Asaka tumanida yashovchi fuqaro N.M. mehnat huquqlari buzilayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Ombudsman o‘rinbosari tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
15 May
2025-yil 15-may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari Bekzod Narimanov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
14 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
Ombudsman yordamida fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi
12 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga joylarda fuqarolarning huquqlari buzilayotgani yuzasidan bir qator murojaatlar kelib tushmoqda. Ular tezkor o‘rganilib, aniqlangan muammolarning hal etilishi taʼminlanmoqda.
Ombudsman Farg‘onadagi g‘isht zavodlarini ekologik tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha xulosa kiritdi
06 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqarolar ekologik huquqlarining buzilayotgani bo‘yicha murojaat qilishdi. Unga ko‘ra, 17 yildan buyon tumandagi “Tursunzoda” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexidan atmosferaga zararli moddalar va hidlar tarqalmoqda. Bu esa nafaqat salomatlikka, balki aholining tomorqasidagi mevali daraxt va sabzavotlarning hosiliga ham salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.
Tibbiyot xodimlarining mehnat huquqlarini buzgan mas’ullarga nisbatan choralar ko‘rildi
03 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Devoni tomonidan Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat yurituvchi bir guruh xodimlarning ish haqi to‘liq to‘lanmagani bo‘yicha murojaati o‘rganib chiqildi.
Ombudsman aralashuvidan so‘ng, sug‘urta kompaniyasi fuqaroga sug‘urta tovonini to‘lashga majbur bo‘ldi
01 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro A.O. sug‘urta tashkiloti mansabdor shaxslarining harakatsizligi bo‘yicha shikoyat qildi.
Ombudsman qabulida fuqarolar qanday masalalarda murojaat qilishdi?
30 Apr
Joriy yilning 30-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng fuqaro mulkiga qo‘yilgan taʼqiqlar yechildi
30 Apr
Samarqand viloyati, Payariq tumanida yashovchi fuqaro N.I. tomonidan 2024-yilda elektron onlayn-auksion orqali xarid qilingan bir nechta yer uchastkalari hozirgi kunga qadar uning nomiga rasmiylashtirilmagani sababli, u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga murojaat qildi.
Fuqaroning buzilgan mulk huquqi tiklandi
29 Apr
Xorazm viloyati, Xiva shahrida yashovchi fuqaro A.S.ga tegishli bo‘lgan yer maydoni 2017-yilda Xiva shahar hokimligining qaroriga asosan davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilib, unda joylashgan obyektlar buzilgan. Biroq yetkazilgan moddiy zarar qoplanmagani sababli fuqaro A.S. sudga murojaat qilgan.
Koson tumanidagi tibbiyot xodimlarining muammolari hal qilindi
24 Apr
Qashqadaryo viloyat Koson tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli laboratoriya xodimlari oxirgi ikki yil ichida o‘z mehnat huquqlari bilan bog‘liq muammolar yuzasidan bir necha marotaba davlat idoralariga murojaat qilgan bo‘lsa-da, ularning muammolari mahalliy darajada yechimini topmagan.
Dam olish kuni shifokor va xodimlarni noqonuniy ishga jalb qilgan dispanser rahbariga chora ko‘rildi – Ombudsman
22 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Qo‘qon shahrida joylashgan Farg‘ona viloyati teri-tanosil 2-sonli dispanseri shifokorlari tomonidan jamoaviy murojaat kelib tushdi. Murojaatda xodimlar ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida hujjatlashtirilmasdan va haq to‘lanmasdan ishga, navbatchilikka jalb qilinayotganini, shuningdek xizmat safari xarajatlari o‘z vaqtida qoplanmayotganini bildirishdi.