Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Feb 2019
AQSH Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shenaxen Afgʻonistonga eʼlon qilinmagan tashrif bilan keldi. 

Tashrif davomida Shenaxen Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻani bilan uchrashadi. Uchrashuvda Patrik Shenaxen oʻtgan oyda AQSH va Tolibon vakillari oʻrtasida boʻlib oʻtgan 17 yillik mojaroga yechim topish boʻyicha muzokaralar haqida Afgʻoniston hukumati bilan gaplashib oladi. AQSH va Tolibon oʻrtasidagi muzokaralarda Afgʻoniston hukumati qatnashmagan edi. 

“Afgʻoniston hukumati Afgʻoniston masalalari boʻyicha muhokamada ishtirok etishi shart“, deydi Shenaxen jurnalistlarga bergan intervyusida. 

Tolibon Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻani bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara qilishdan bosh tortgan va uni Gʻarbning “qoʻgʻirchogʻi“ deb atagan. Ammo Vashington tomoni Afgʻon hukumati mamlakat tinchligi yoʻlida olib borilayotgan har qanday muzokarada ishtirok etishi kerak, deb hisoblaydi. 
Manba: UzA
Ko'rishlar: 162
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech