Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
27 Feb 2019
Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboev mamlakat hukumatini iste'foga chiqarishga qaror qildi va uning iste'fosini qabul qildi. Bu haqda Oqo'rda saytida ma'lum qilindi. 
Nazarboevning ta'kidlashicha, Qozog'istonda bir nechta, jumladan, industrial, ijtimoiy, infratuzilmani rivojlantirish, sog'liqni saqlash va ta'lim davlat dasturlari qabul qilingan, biroq ular bo'yicha hukumat tomonidan tizimli ish yo'lga qo'yilmagan va shu sababli aholining real daromadlari oshmagan.    
Elbasining aytishicha, yangi hukumat turmush darajasini oshirish, iqtisodiyotni stimullash, strategik vazifalarni amalga oshirish bo'yicha amaliy qadamlarni ishlab chiqishi lozim.
Shu munosabat bilan Nazarboev 21 fevralda hukumatni iste'foga chiqarish haqidagi farmonni imzolagan va bosh vazir lavozimiga vaqtinchalik Askar Maminni tayinlagan.  
Farmonga ko'ra, hukumat a'zolariga hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanmaguncha o'z vazifalarini bajarish topshirilgan. 
Bungacha Qozog'iston bosh vaziri sifatida Bakitjan Sag'intaev ishlab kelayotgandi. Mamin esa bosh vazir birinchi o'rinbosari lavozimini egallab kelgan. 

Manba: ko'rsatilmagan
Ko'rishlar: 122
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech