Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Feb 2019
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2019 
yil 13-16 fevral` kunlari amaliy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo'ladi.
TIV xabariga ko'ra, delegatsiya Xavfsizlik bo'yicha Myunxen konferentsiyasida ishtirok etadi. 
Tashrif davomida O'zbekiston delegatsiyasi Myunxen shahrida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar 
o'tkazishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.
Joriy yilning 15-17 may kunlari bo'lib o'tadigan Xavfsizlik bo'yicha Myunxen konferentsiyasi bu 
yil rekord darajadagi mehmonlarni kutmoqda. Forumning 600 nafar mehmonlari orasida, 
hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, 40ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari hamda 80 nafar vazirlar 
ishtirok etadi.

Manba: UzA
Ko'rishlar: 146
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech