Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Jul 2019
Joriy yilning 9 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) U. Muhammadiyev YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosining Saylov bo'yicha departamenti rahbari A. Shlik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
YXHT DIIHBning Ehtiyojlarni baholash missiyasi (EBM) ekspertlari bilan o'tkazilgan mazkur uchrashuvda tomonlar shu yilning dekabr oyida bo'lib o'tadigan parlament saylovlari masalalarini atroflicha muhokama qilishdi. 
U. Muhammadiyevning ta'kidlashicha, O'zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim tarkibiy qismi — fuqarolarning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirokini ta'minlashdan iborat. Shu munosabat bilan kutilayotgan saylovda ombudsman saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish masalasiga alohida e'tibor qaratadi.  Hamda saylov jarayonlarining monitoringini amalga oshiradi.

Manba: ko'rsatilmagan
Ko'rishlar: 284
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech