Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 May 2019

Joriy yilning 29 — 31 may kunlari “Yuksalish” umummilliy harakati, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) va qator jamoat tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga tashrif buyurgan. Ushbu xududlarda mutaxassislar Harakatlar strategiyasini Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida nazarda tutilgan bandlarning ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati tadbirlarini o'tkazilayapti. 

Monitoring doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) U. Muhammadiyev jazoni ijro etish joylariga tashrif buyuradi, u yerdagi mahbuzlarni saqlash sharoitlari bilan tanishadi. 

Davlat dasturlarning ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati O'zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq  davlat organlariga murojaatlar va so'rovlar yuborish, davlat organlarining ochiq hay'at majlislarida ishtirok etish, jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik ekspertizalarini o'tkazish, jamoatchilik fikrini o'rganish kabi harakatlar bilan amalga oshiriladi.


Manba: ko'rsatilmagan
Ko'rishlar: 357
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech