Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Jul 2019
      O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) Kotibiyati xodimlari Koreya Respublikasida o'tkazilgan “Inson huquqlari sohasidagi siyosat salohiyatini oshirish” mavzusidagi global treningda ishtirok etishdi.
       Tadbir Koreya Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha Milliy komissiyasi tomonidan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
       4-17 iyul kunlari o'tkazilgan global trening ishtirokchilari Koreya Respublikasining inson huquqlari bo'yicha milliy institutlarini shakllanish tajribasi, shuningdek, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlarining inson huquqlarini ta'minlashdagi roli, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlardagi mavjud muammolar muhokama qilindi. Trening natijalariga ko'ra, qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.
      Ombudsman kotibiyati xodimlarining Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida Koreya Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha Milliy komissiyasi va Korruptsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari bo'yicha Komissiya vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

Manba: ko'rsatilmagan
Ko'rishlar: 165
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech