Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 Oct 2019

Bugun dunyoning turli mintaqalarida ro'y berayotgan ziddiyatlar, qurolli to'qnashuvlarda tinch aholi ayniqsa, begunoh bolalar nobud bo'lmoqda. Ota-onasiz qolgan norasida go'daklar urush xarobalari orasida qarovsiz, och-nahor qolib ketayotgani achinarlidir. 
Xususan, kuni kecha Iroq davlati hududida terroristik tashkilotlar tarkibida jang qilib, qurbon bo'lgan yoki turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan o'zbekistonliklarning farzandlari "Mexr-2" nomli insonparvarlik operatsiyasi doirasida mamlakatimizga qaytarildi. Ushbu davlatdagi norasida farzandlarimizni yurtimizga olib kelish uchun uzoq muddat tayyorgarlik ko'rildi. Buning uchun Iroq hukumati bilan muzokaralar o'tkazildi. Unicef bilan yaqindan hamkorlik qilindi. 

Iroqdan olib kelingan bolalar ma'lum vaqt davomida sog'lomlashtirish muassasalariga joylashtiriladi. Mutaxassislar ularga xar tomonlama tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko'rsatadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ruyobga chiqarilgan ushbu navbatdagi insonparvarlik operatsiyasi nafaqat mamlakatimizda, balki uning tashqarisida ham fuqarolarimiz, ayniqsa, bolalar davlat tomonidan kafolatli himoya qilinishining yana bir yorqin dalilidir. 

E'tirof etish kerakki, yurtimizda farzandlarimizning barkamol avlod bo'lib voyaga yetishlari uchun barcha shart-sharoit muxayyo etilyapti. Bu masalaga davlat siyosati darajasida ustuvorlik berilmoqda. Joriy yilda davlatimiz rahbari bolalar ombudsmani lavozimini joriy qilish bo'yicha qaror qabul qildi. Bu ham mamlakatimizda bolalar haq-huquqlari qonun yo'li bilan himoyalanishini yanada mustahkamlaydi. 

"Mehr-2" insonparvarlik operatsiyasini esa mazkur yo'nalishda olib borilayotgan ishlarning mantiqiy davomi, deyish mumkin.

Manba: ko'rsatilmagan
Ko'rishlar: 278
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech