Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 may 2018 y. - 21 may 2018 y.

2018 yil 21 may kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha Vakili (Ombudsman) hamda Markaz mutaxassislarining Yevropa Ittifoqi Kengashining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha ishchi guruhi vakillari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida, xorijiy ekspertlar mamlakatda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida inson huquqlarini ta’minlash va ularni himoya qilish milliy tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda ushbu jarayonlarda ombudsmanning o’rni va ishtiroki to’g’risida ma’lumotga ega bo’ldilar. Xususan, YeI vakillari Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar dasturi, Ombudsman instituti negizida milliy preventiv mexanizmni tashkil etish jarayoni, ombudsmanningaholining yordamga muhtoj qatlamlari- ayollar, bolalar va nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo’yicha faoliyati, institutning BMTning taraqqiyot dasturi, Inson huquqlari bo’yicha oliy komissari boshqarmasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi masalalari bilan yaqindan tanishdilar.

Тomonlar o’zaro hamkorlikni mustahkamlash va inson huquqlari hamda erkinliklarini himoya qilish bo’yicha tajriba almashish masalalarini ham muhokama qildilar.    


Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech