Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 aprel 2018 y. - 26 aprel 2018 y.

Joriy yilning 26 aprel kuni ВMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini qo’llab quvvatlash missiyasi (MAPS) ekspertlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda BMT taraqqiyot dasturining O’zbekistondagi doimiy vakili H.Freyzer, BMT taraqqiyot dasturining davlat boshqaruvi va korrupsiyaga qarashi kurashish masalalari bo’yicha mutaxassisi I.Kotettashvili hamda BMT taraqqiyot dasturini mintaqaviy vakolatxonasining strategik rejalashtirish va idoralararo faoliyat bo’limi mudiri G.Babbar ishtirok etdilar.

Uchrashuv mobaynida, ekspertlar inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha mamlakatda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ushbu jarayonlarda ombudsmanning o’rni va roli haqida keng ma’lumotga ega bo’ldi. Xususan, Ombudsman to’g’risidagi qonunga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar, milliy preventiv mexanizmni tashkil etish va faoliyatini yo’lga qo’yishga oid amalga oshirilayotgan ishlar, aholining turli ijtimoiy qatlamlari - ayollar, voyaga yetmaganlar, nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo’yicha ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xorijiy ekspertlar O’zbekistonda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho bergan holda, missiyaning mamlakatga tashrifidan ko’zlangan asosiy maqsadlardan biri inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini ta’minlash masalasi bo’yicha fikr almashishdan iborat ekanligini ta’kidlashdi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda bo’lib o’tdi.


Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech