Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
31 may 2018 y. - 01 iyun 2018 y.

2018 yil 31 may – 1 iyun kunlari O’zbekiston respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yciha Vakili (Ombudsman) tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O’zbekistondagi loyihalar Koordinatori bilan hamkorlikda “Milliy preventiv mexanizmni tashkiliy-huquqiy rivojlantirish: xalqaro hujjatlar, xorij amaliyoti va O’zbekiston tajribasining xususiyatlari” mavzusida xalqaro davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Adliya, Sog’liqni saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, BMTning qiynoqqa qarshi quyi qo’mitasi, Taraqqiyot dasturi, YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi, BMT Taraqqiyot dasturi, UNICEF, UNODCning O’zbekistondagi vakolatxonalari, Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi delegatsiyasi, “Xalqaro qamoqxonalar islohoti” (PRI), “Xalqaro amnestiya” (Amnesty International), “Mintaqaviy muloqot” (Regional dialogue) kabi xalqaro nodavlat tashkilotlar vakillari, Gruziya va Qozog’istonlik mutaxassislar ishtirok etdi.

Davra suhbatidan ko’zlangan asosiy maqsad BMTning Milliy preventiv mexanizmni rivojlantirishga oid xalqaro hujjatlarining xorijiy mamlakatlar amaliyotidagi ijrosining tashkiliy-huquqiy jihatlarini umumlashtirish hamda Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) tomonidan qiynoqlarga solish va muomalada bo’lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlarini oldini olish bo’yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi milliy preventiv mexanizm vazifasini amalga oshirish to’g’risidagi nizomni keng muhokama qilishdan iborat.


Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech