Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
24 aprel 2018 y. - 24 aprel 2018 y.

2018 yil 24 аprel kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o’tayotgan, ushlab turilgan va qamoqqa olingan hamda ma’muriy qamoqni o’tayotgan shaxslar huquqlari va erkinliklarini samarali himoya qilishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, huquqni muhofaza qilish organlari, vazirliklar, idora va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbati doirasida ishtirokchilar tomonidan mamlakatda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o’tayotgan shaxslar huquq va erkinliklarini himoya qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan 2017 yil 30 noyabr sanasida qabul qilingan “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Davlat rahbarining mazkur farmoni ushbu dolzarb yo’nalishda inson huquqlarini himoya qilish davlat tizimini mustahkamlash jarayonini tashkiliy-huquqiy asoslari bo’yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida dasturi amal bo’lib xizmat qilmoqda.

Institutsional jihatdan, mahbuslar huquqlarini qimoya qilish Ombudsman faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. 201-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning behsta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq Ombudsman tomonidan mahbuslar huquq va erkinlarini ta’minlanishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish, shuningdek qiynoqlarni oldini olish bo’yicha milliy preventiv mexanizmini tashkil etishga yo’naltirilgan qonun loyihasi hamda nizomlar loyihalari ishlab chiqildi.

Normativ hujjatlar loyihalarida asosiy e’tibor jamoatchilik nazorati masalalariga va ombudsmanning nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o’zaro hamkorligi masalalariga qaratilgan. Tadbir davomida mazkur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish mobaynida BMT va YXHTning xalqaro-huquqiy bazasi, 30dan ortiq demokratik mamlakatlarning tajribasi chuqur o’rganilganiligi davra suhbatida alohida ta’kidlandi.

Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan shuningdek, Qoraqolpog’iston Respublikasi, Surxandaryo va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan 13ta jazoni ijro etish muassasalari monitoring natijalari haqidagi ombudsman ma’lumoti ham eshitildi. Monitoring parlamentariylar va fuqarolik jamiyati institutlari ekspertlari bilan hamkorlikda joriy yilning aprel oyida mahbuslarni qamoqda saqlash sharoiti va ular bilan muomala darajasi, mahbuslarning huquqiy bilimlarini oshirish, shuningdek ular bilan ishlab chiqilayotgan qonunchilik hujjatlari bandlarini muhokama qilish maqsadida amalga oshirildi.

Qonunchilik hujjatlari loyihalari joriy yilning may oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga ko’rib chiqish uchun taqdimk etilishi rejalashtirilgan.  


Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech