Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 aprel 2018 y. - 27 aprel 2018 y.

Joriy yilning 26-27 aprel kunlari Qozog’iston poytaxti Ostona shahrida Milliy preventiv mexanizm (MPM) masalalariga bag'ishlangan “Qiynoqlarni inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy institutlar va MPM hamkorligida hal qilish” mavzusidagi xalqaro forum bo’lib o’tdi.

Tadbir Qozog’iston ombudsman instituti hamda bir qator hamkor tashkilotlar – Yevropa ittifoqi, Yevropa kengashi, BMTning Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari boshqarmasi, UNDP, UNICEF, YXHT hamda xalqaro jazo islohoti (PRI) tashkiloti tomonidan tashkil etildi.

Forumda Qozog’istonning 16 viloyatidan 100dan ortiq MPM ishtirokchilari, Markaziy Osiyo, Rossiya va bir qator Yevropa mamlakatlaridan ombudsmanlar, inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy institutlar vakillari, ekspertlar qatnashdilar.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) U.Muhammadiev ham ushbu forumda Ombudsmanning mahbuslar huquq va erkinliklarini himoya qilish bo’yicha faoliyati va O’zbekistonda milliy preventiv mexanizmni yo’lga qo’yish jarayoni mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.   


Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech