Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 may 2018 y. - 11 may 2018 y.

Joriy yilning 11 may kuni Ombudsman kotibiyati binosida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) mutaxassislari bilan uchrashuv bo'lib o’tdi. Uchrashuvda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va DVV International mutaxassislari Y.Deppe, A.Aeur, T.Kelbert, T.Zaichenko ishtirok etdi.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati mutaxassislarining O’zbekistonga tashrifidan ko’zlanganasosiy maqsad ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirish bo’yicha O'zbekiston hukumati bilan hamkorlik loyihasini tayyorlashdir.

Uchrashuvda xorijiy ekspertlar ombudsman instituti faoliyati va faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi, ayollar, bolalar va nogironlar huquqlarini himoya qilish sohasidagi Ombudsman vakolatlarini mustahkamlash bo’yicha rejalar bilan tanishdilar.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o'tdi.


Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech