Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
ombudsman-photo_2.jpg
Muxammadiev Ulug'bek Nasriddinovich
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman)

Tarjimai hol

Tug'ilgan yili:
7 noyabr 1971 yil

Ma'lumoti:

O'zbekiston Milliy universitetining Falsafa fakulteti bitiruvchisi (1993).

Siyosiy fanlar nomzodi (Ph.D.)

Mehnat faoliyati:

1993-1997
O'zbekiston milliy universiteti Falsafa fakulteti o'qituvchisi, Falsafa fakulteti aspiranti

1997-2004
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi

2004-2005
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi etakchi mutaxassisi

2004-2005
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi etakchi mutaxassisi

2008-2014
O'zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi ijroiya Qo'mitasi raisi o'rinbosari

2010-2014
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o'rinbosari, O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining fraktsiyasi rahbari
2015
(yanvar-may)
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo'mitasi raisi

2015
(may)
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman)


Vazifalari va funktsiyalari

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) lavozimi O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan 1995 yilda tashkil etildi.
Ombudsman o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (ombudsman) to'g'risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida olib boradi.
Vakil - mansabdor shaxs bo'lib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta'minlash vakolatlari berilgan.
O'zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo'yicha vakili instituti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to'ldiradi. Vakil O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ularni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, fuqarolarning inson huquqlari sohasidagi ijtimoiy ongini oshirishga ko'maklashadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va mamlakat qonunlariga muvofiq Vakilni saylash O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. Vakil lavozimiga nomzod O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko'rib chiqishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
Qonunchilikka asosan Vakil o'z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe bo'lmagan tarzda amalga oshiradi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobdordir.
Vakil faoliyatining asosiy printsiplari qonuniylik, adolatparvarlik, demokratizm, insonparvarlik, oshkoralik, har bir inson uchun ochiqlikdir.
Vakilning hisoboti qonun hujjatlariga muvofiq, har yili O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida eshitiladi.

Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech