Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Farg‘ona viloyatidagi Muruvvat uyida yashayotgan fuqarolar Ombudsmanga qanday masalada murojaat qilishdi
2022 yilning 14 noyabr kuni Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov O‘zbekiston tumanidagi Qudash Muruvvat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Aniqlanishicha, ushbu “Muruvvat uyi”da jami 360 nafar bemor ayollarga muruvvat ko‘rsatiladi. Asosan Ruhiy xasta bemorlar yashab, davolanadi. Bemorlarga jami 195 nafar xodimlar, yani 15 nafar vrach, 54 nafar hamshira va 126 nafar kichik hamshira xizmat qiladi.

Monitoring davomida bemorlarni shaxsiga oid bo‘lgan hujjatlari o‘rganib chiqilganida, 10 nafarga yaqin bemorlarning shaxsiga oid tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘qligi aniqlandi. Jumladan, fuqaro M.N. 1975 yildan buyon, R.Sh. va A.Yu.lar esa 1985 yildan buyon “Muruvvat uyi”da yashab kelayotgan bo‘lsalarda, ularning shaxsiga oid hujjatlari shu kunga qadar mavjud emasligi va hujjatlarni tiklash borasida hech qanday amaliy ishlar amalga oshirilmaganligi aniqlandi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga 10 nafarga yaqin shaxslarning tug‘ilganlik faktini belgilash haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudiga daʼvo ariza kiritish bo‘yicha daʼvo hujjatlari yuborish choralari ko‘rilmoqda.

Monitoring jarayonida “Muruvvat uyi”dagi bemorlarga yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat taʼminoti, davolanayotgan bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi hamda ularning 26 nafari bilan ommaviy va 2 nafari bilan xoli tarzda uchrashildi. O‘zaro suhbat davomida bemorlar ularga o‘z vaqtida kerakli muolajalar o‘tkazilayotganligi, tibbiy xizmat va oziq-ovqat taʼminotidan shikoyatlari yo‘qligini bildirdilar.

“Muruvvat uyi”dagi oshxona ko‘zdan kechirilganda belgilangan menyularga asosan bemorlarga taomlar tayyorlanib, oziq-ovqat mahsulotlari to‘liq va taomnomaga mos ravishda berilayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Monitoring o‘rganishlari davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati