Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman tomonidan qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida 2022 yilning 9 oyida amalga oshirilgan monitoring tashriflari bo‘yicha brifing
2022 yilning 9 oyida Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 297 ta monitoring tashriflari amalga oshirildi. Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilning 9 oyida 120 ta, 2020 yilning 9 oyida 68 tani tashkil etgan edi.

Tashriflarning 108 tasi Jazoni ijro etish muassasalari, 75 tasi Tergov hibsxonalari, 39 tasi Vaqtincha saqlash hibsxonalari, 21 tasi Maxsus qabulxonalar, 9 tasi Reabilitatsiya qilish markazlari, 19 tasi Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filiallari va 19 tasi Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonalari, 7 tasiSahovat” va “Muruvvat” uylarida o‘tkazildi.

Tashriflarda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda ushlab turilgan 4500 dan ortiq shaxs bilan jamoaviy va 2605 nafar shaxs bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.

Monitoring tashriflarida yopiq muassasalarda saqlanadigan shaxslarning sharoitlari, xususan yashash va ovqatlanish, mehnat qilish, tibbiy yordam ko‘rsatish holati va sifati, olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilayotganligi hamda taʼlim-tarbiya va boshqa shu kabi holatlar o‘rganildi.

Shuningdek, monitoring tashriflarida jazoni ijro etish muassasalarida, xususan umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan ilk marotaba anonim so‘rovlar o‘tkazildi.

Ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalariga amalga oshirilgan monitoring tashriflari davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Hozirda ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlar boshlangan.

Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga amalga oshirilgan monitoring tashriflarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 2022 yilning 9 oyida Ombudsman tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralarga ta taqdimnoma, ta xulosa va ta tahliliy axborot, Oliy Majlis palatalariga ta tahliliy maʼlumot kiritildi hamda Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan birgalikda “Yo‘l haritasi” ishlab chiqildi.

2022 yilning 9 oyida Ombudsmanga harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslar, ularning yaqin qarindoshlari va advokatlaridan 2 476 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu ko‘rsatkich 2021 yilning mazkur davriga nisbatan 418 taga yoki 16,8 foizga oshgan.

Ushbu murojaatlarning 612 tasi “Ombudsman qutisi”, 908 tasi pochta aloqasi xizmati, 491 tasi sayyor qabullar, 243 tasi shaxsiy qabullar, 97 tasi Ombudsmanning “Ishonch telefoni” orqali hamda 105 tasi elektron tarzda kelib tushgan.

Mazkur murojaatlarning 1 292 tasi yoki 52,2 foizi bevosita mahkum va mahbuslardan kelib tushgan. Bu esa ularning murojaat qilish huquqlarini amalga oshirishda biron-bir cheklovlar bo‘lmayotganligidan dalolatdir.

Murojaatlarning 582 tasida sud hukmidan hamda 443 tasida surishtiruv va dastlabki tergov harakatlaridan shikoyat qilingan.

Shu bilan birga, murojaatlarning 351 tasida tayinlangan jazoning yengillashtirilishi, muddatidan oldin ozod etilishi va/yoki afv etilishi, 143 tasida ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi, 124 tasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) bilan uchrashuv, 73 tasida boshqa muassasaga o‘tkazilishi, 64 tasida sud majlisida Ombudsman masʼul xodimining ishtiroki, 63 tasida oila aʼzolariga ko‘mak berilishi va 32 tasida tibbiy yordam ko‘rsatilishi hamda 34 tasida boshqa masalalar bayon qilingan.

Mazkur murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, Ombudsman murojaatiga asosan 4 ta murojaat bo‘yicha tegishli sudlar tomonidan 14 nafar mahkumga nisbatan tayinlangan jazolar yengilrog‘iga almashtirilgan va 5 nafar mahbusning ehtiyot choralari yengilrog‘iga o‘zgartirilgan.

Mahkumlar tomonidan oilasiga ko‘mak ko‘rsatish masalasida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli hokimliklar tomonidan 11 nafar mahkumning oila aʼzolariga turli xildagi iqtisodiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilgan. Shuningdek, Jazoni ijro etish departamenti tomonidan 4 nafar mahkum Ombudsmanning murojaatiga asosan yashash joyiga yaqin bo‘lgan hududlardagi jazoni ijro etish muassasalariga ko‘chirilgan.

2022 yilning 9 oyida Ombudsman nomiga ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi masalasida 143 ta shikoyat kelib tushdi.

Kelib tushgan shikoyatlar Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun nazorat xati bilan Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilingan.

Ushbu shikoyatlarning 72 tasi (50,4 foizi) yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlarining harakatlariga nisbatan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari va prokuratura idoralari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv yakunlariga ko‘ra, murojaatlarda ko‘rsatilgan vajlar tasdiqlanmadi. 46 ta shikoyat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Shikoyatlarning 14 tasi yuzasidan O‘zekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qabul qilingan qarorlar Ombudsmanning xatiga asosan yuqori turuvchi prokuratura organlari tomonidan bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazish belgilangan.

Ichki ishlar vazirligi va masʼul idoralar tomonidan ushbu shikoyatlarga ko‘ra o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari yakunlariga ko‘ra, 11 nafar xodimga nisbatan intizomiy taʼsir choralari qo‘llanilgan va 1 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hamda prokuratura tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, 1 ta shikoyat bo‘yicha 1 nafar mahkumga qo‘llanilgan intizomiy taʼsir chorasi noqonuniy deb topilgan va bekor qilingan.

Shuningdek, ushbu shikoyatlardan 1 tasi yuzasidan ichki ishlar organlarining 1 nafar xodimi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) va 2301-moddasi 1-qismida (Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylar faoliyatini yana-da takomillashtirish hamda u yerda saqlanayotgan shaxslarning huquq va erkinliklarini taʼminlash va qiynoq holatlarining oldini olish bo‘yicha takliflar tayyorlanib, Parlament va tegishli davlat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati