Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qirg‘iziston Respublikasi Ombudsmani institutining 20 yilligi nishonlandi
2022 yilning 26-27 oktyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Qirg‘iz Respublikasi Akiykatchisi (Ombudsman) institutining 20 yilligi munosabati bilan Bishkek shahrida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Daniya va Moldova davlatlarining Ombudsmanlari va milliy institutlari rahbarlari, BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari, Yevropa Ittifoqining maxsus vakili, YEXHT Mojarolarning oldini olish markazi direktori, YEXHT Kotibiyati rahbarining o‘rinbosari, xorijiy davlatlarning parlamentlari vakillari hamda boshqa yuqori martabali mehmonlar ishtirok etishdi.

Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad Ombudsmanlar va inson huquqlari bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan milliy hamda xalqaro institutlarni birlashtirgan holda o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Shuningdek, nufuzli tadbirda dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda mintaqaviy darajada inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha Ombudsmanlar va milliy institutlarning o‘zaro hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari haqida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘izistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Daniya va Moldova davlatlari Ombudsmanlari tashrif doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri bilan ham uchrashishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati