Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
YeXHT mintaqasi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari o‘tkazildi
2022 yilning 5-6 sentyabr kuni Polshaning Varshava shahrida YEXHT mintaqasi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari o‘tkazildi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YEXHT DIIHB) tomonidan tashkil etilgan mazkur uchrashuvda 60 dan ortiq inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar rahbarlari, ularga yordam ko‘rsatuvchi hukumatlararo tashkilot vakillari hamda sohaga oid milliy institutlar tarmoqlari vakillari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi 1992 yildan buyon Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining to‘laqonli aʼzosi hisoblanadi.

Oliy darajadagi uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ham qatnashdi va ishtirokchilarni inson huquqlarini taʼminlash borasidagi O‘zbekiston tajribasi bilan tanishtirdi.

Shuningdek, Ombudsman faoliyatini takomillashtirishga oid islohotlar va uning parlament bilan hamkorligi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalindi.

Tadbir jarayonida ishtirokchilarga inson huquqlari bo‘yicha barqaror milliy institutlarni o‘rganish, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha DIIHB tomonidan ishlab chiqilgan qo‘llanmadan foydalanish bo‘yicha xabardorlikni oshirish, ilg‘or xorijiy tajriba va amaliyotlarni o‘rganish, tahdid ostida bo‘lgan inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash va innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalarni aniqlash yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Ombudsman Polshaning Varshava shahriga qilgan xizmat tashrifi doirasida “Jinsiy va genderga asoslangan zo‘ravonlik muammosini qamoqda saqlash monitoringiga integratsiya qilish” mavzusidagi mintaqaviy treningda ham ishtirok etadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati