Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabuliga Qoraqalpog‘istondan yetib keldi
Xabaringiz bor, hozirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni mustaqil ravishda o‘rganayotgan Komissiyaga rahbarlik qilmoqda. Komissiya o‘rganishlari avj pallasida bo‘lishiga qaramay, Ombudsman 2022 yilning 30 avgust kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan fuqarolar qabuliga Qoraqalpog‘istondan yetib keldi.

50 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etgan qabul davomida uy-joy, bandlik, ishdan noqonuniy bo‘shatish, ijtimoiy yordam, sud-huquq va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Baʼzi murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga tegishli huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

Qabul davomida olingan murojaatlarning barchasi Ombudsman nazoratiga olinib, ularni o‘rganish va inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha ishga kirishildi. Joyiga chiqib o‘rganish talab etiladigan murojaatlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) hududlardagi mintaqaviy vakillariga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati