Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
30-sonli manzil-koloniyasiga amalga oshirilgan monitoring tashrifi tafsilotlari
2022 yilning 30 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Jizzax viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili O‘tkir Jo‘rayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish departamenti uchinchi mintaqaviy hudud 30-sonli manzil-koloniyasida qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash holatlarini oldini olish yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

30-sonli manzil-koloniyasi sig‘imi 350 ta mahkumga mo‘ljallangan bo‘lib, shu kuni unda 288 nafar mahkum jazo muddatini o‘tayotgan edi. Voyaga yetmagan va ayol mahkumlar mavjud emas.

Manzil-koloniyada bemor mahkumlar davolanishi uchun ambulatoriya tashkil etilgan, bir nafar oliy maʼlumotli vrach shtati vakansiya ekanligi aniqlandi. Bir nafar erkin yollangan o‘rta-maxsus tibbiy maʼlumotli fuqaro ishlamoqda.

Ambulatoriyada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 26 turdagi dori-darmon va tibbiy vositalar mavjud bo‘lib, yaroqlilik muddati o‘tgan tibbiy buyumlar yoki dori-darmonlar yo‘q. Ambulatoriya antiseptik vositalar bilan taʼminlangan.

Muassasada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga oila aʼzolari bilan uzoq muddatli uchrashuvlar uchun koloniyadan alohida joyda beshta xonadan iborat yotoqxona mavjud.

Shuningdek, barcha sharoitlari bilan ovqat tayyorlash uchun alohida oshxona, yuvinish uchun dushxona, hovlida mahkumlarning farzandlari uchun bolalar o‘yinxonasi tashkil qilingan.

Uzoq muddatli uchrashuvga chiqqan mahkumlar bilan suhbatlashganda ular yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini, oila aʼzolari telefon orqali maʼmuriyatni ogohlantirib kelganliklari uchun xonalar doim yetarli bo‘lishini maʼlum qilishdi.

Joriy kun manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum X.R. bilan suhbatlashilganda, 2022 yil 22 mart kuni ichki tartib qoidalarini buzganligi sababli muassasa rahbarining buyrug‘i bilan 10 sutkaga intizomiy bo‘linmaga kiritilganligini, qilmishidan pushaymonligini va betobligi uchun muddatidan oldin intizomiy bo‘linmadan chiqarishda yordam berishlikni so‘radi.

Manzil-koloniya rahbariga mahkumning so‘rovi yetkazilganda, mahkum sodir etgan qilmishidan pushaymonligi inobatga olinib muddatidan oldin intizomiy bo‘linmadan chiqarildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati