Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xorazmdagi reabilitatsiya markazi o‘rganildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov 2 mart kuni Xorazm viloyati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markaziga tashrif buyurdi. U yerda saqlanayotgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

Reabilitatsiya qilish markazi jami 75 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda u yerda 3 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar borligi aniqlandi. Ular bilan suhbatlashish jarayonida shikoyatlar kelib tushmadi.

60 o‘ringa ega maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash joyida esa hozirgi kunda 33 nafar shaxslar saqlanmoqda.  Ularga yaratilgan sharoitlar o‘rganilganda, soat 10:00 dan 12:00 gacha va 19:00 dan 21:00 gacha telefon orqali yaqin qarindoshlari bilan gaplashish, soat 16:00 dan 18:00 gacha uchrashish imkoniyatlari yaratilgani aniqlandi.

Shu bilan birgalikda navbatchilik qismi, yotoqxona, tibbiyot bo‘limi va oshxonalar ko‘zdan kechirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati