Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bolalarni zo‘ravonlik, shavqatsiz munosabat va ekspluatatsiyadan, xususan, favqulodda vaziyatlarda ham himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan standart operatsion tartib-qoidalari ishlab chiqilmoqda
2022 yilning 15 yanvar kuni Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil hamda vazirliklar, yoshlar tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va YUNISEF vakillari tarmoqlararo standart faoliyat tartiblarini muhokama qildilar. Mazkur hujjat bolalarni zo‘ravonlik, shavqatsiz munosabat va ekspluatatsiyadan, xususan, favqulodda vaziyatlarda ham himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan.

Tadbirda qayd etilishicha, O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan, shu jumladan favqulodda vaziyatlarning bosimiga bardosh bera oladigan va bolalarni eng zarur bo‘lgan vaqtda yetarli darajada himoya qiladigan yana-da kuchliroq milliy va mahalliy tizim yaratish o‘ta zarur. Bolalarni himoya qilish gumanitar yordam faoliyatining barcha sohalariga integratsiyalashgan bo‘lishi kerak va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish, ularga qarshi chora ko‘rish va qayta tiklash harakatlarining markazida bolalar bo‘lishi kerak.

Mazkur sohadagi faoliyat Surxondaryo viloyatida ilk bor sinovdan o‘tkaziladi. Kelgusida bolalar va oilalarga ko‘mak berish uchun 500 ga yaqin mutaxassislar tayyorlanadi.

Qayd etish lozimki, ishchi guruhning vazifasi Surxondaryo viloyatida bolalarni, shu jumladan favqulodda vaziyatlarda himoya qilish bo‘yicha tarmoqlararo standart operatsion tartib-qoidalarni (SOTQ) ishlab chiqishdan iborat.

Ishchi guruh tarkibiga Bola huquqlari bo‘yicha vakili, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy gvardiya, Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis Markazi, Yoshlar ishlari agentligi, «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, «SOS – O‘zbekiston bolalar mahallalari» uyushmasi va YUNISEF vakillari kiritilgan.

Surxondaryo viloyatida bolalarni, shu jumladan favqulodda vaziyatlarda himoya qilish bo‘yicha tarmoqlararo standart operatsion tartib-qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha yakuniy loyihasi joriy yilning mart oyida Surxondaryo viloyatida o‘tkaziladi.


Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati