Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Penitensiar muassasalardagi xodimlar malakasi oshirilmoqda
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va jazoni ijro etish muassasalarilaridagi tashkiliy bo‘lim (bo‘linma) xodimlari uchun Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti o‘quv seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda trener sifatida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarining oldini olish bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv-seminardan ko‘zlangan maqsad, jazoni ijro etish muassasalari rahbarlari va xodimlariga jazoni ijro etish muassasi faoliyatiga oid xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalar, xususan, jazoni ijro etish muassasalarida qonuniy tarzda tartib-intizomni taʼminlash, yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashda samaradorlikka erishish yuzasidan ko‘nikmalarni oshirishdan iboratdir.

Tadbirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va jazoni ijro etish muassasalariga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari to‘g‘risida maʼlumot berilib, monitoring guruhlarida fuqarolik jamiyati instituti vakillari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari ishtirok etayotgani taʼkidlandi.

Seminar qizg‘in muhokamalar, bahs-munozaralar, taklif-mulohazalar, savol-javoblarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati