Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Turkiyaga tashrif doirasida qator uchrashuvlar tashkil etildi
Joriy yilning 22 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Turkiya Respublikasiga tashrifi doirasida Turkiya hukumati va Parlamenti vakillari bilan qator uchrashuvlar tashkil etildi.

Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy masalalar bo‘yicha bosh direktori Xakan Oztatar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Turkiya davlatlari munosabatlari har sohada rivojlanib borayotgani va bu ikkala tomon uchun ham manfaatli ekanligi qayd etildi.

Xakan Oztatarning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Turkiya bosh Ombudsmani va Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi masalalarni hal etish bo‘yicha yarashtiruv institutidan keng foydalanish borasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Turkiyada davlat va fuqarolar, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi hamda oilaviy munosabatlardagi ziddiyatlar va nizoli muammolarni hal etishda yarashtiruv institutiga talab ortib bormoqda. Avvallari muammollar faqat sud orqali hal etilgan bo‘lsa, hozirda fuqarolar ko‘pincha yarashtiruv institutiga murojaat qiladi. Ushbu masalalar bilan Turkiya Respublikasi Adliya vazirligidagi tegishli boshqarmaga qarashli 17 ming nafar yarashtiruv vakillari shug‘ullanadi.

Shu kunning o‘zida Inson huquqlari bo‘yicha vakil Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi «Turkiya — O‘zbekiston» parlamentlararo guruhi raisi Osman Mesten hamda Turkiya Oliy Maʼmuriy sudi prezidenti Zeki Yigit bilan ham uchrashdi.

Uchrashuvlarda inson huquqlarini taʼminlashda parlamentlararo, hukumatlararo hamkorlikni har tomonlama mustahkamlash masalalari muhokama etildi va o‘zaro tajriba almashildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati