Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Jinoyat uchun qaysi jazo turini qo‘llash samaraliroq?
Joriy yilning 18-20 noyabr kunlari Buxoro va Xorazm viloyatlarida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda “Xalqaro qamoqxonalar islohoti” xalqaro tashkiloti (Penal Reform International)ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda sudyalar uchun sud ishlarini yuritish amaliyotida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil choralarni qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va “Xalqaro qamoqxonalar islohoti” xalqaro tashkiloti (Penal Reform International)ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda mamlakatimizdagi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar vakillari, davlat organlari va tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining malakasini oshirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mazkur treningda Xalqaro qamoqxonalar islohoti moliyaviy ko‘magida tayyorlangan Markaziy Osiyo davlatlarida sud-huquq ustuvorligini mustahkamlash loyihasi doirasida tayyorlangan uslubiyatning mazmun-mohiyati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va tuman sudlarining sudyalari tanishtirildi.

Ushbu metodologiyada sudyalar uchun sud ishlarini yuritish amaliyotida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil choralarni qo‘llash masalalari o‘z aksini topgan. Ushbu qo‘llanmada qayd etilishicha ozodlikdan mahrum qilish – eng ko‘p ishlatiladigan jazo turlaridan bo‘lib, uni qo‘llash qator salbiy holatlarni, jumladan, mahkum oilasining moddiy ahvoliga, oilalarning parchalanishiga, shuningdek, shaxslarning jinoiy xatti-harakatlarga oid ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga, jinoyatning takrorlanishiga olib kelishi mumkin.

Seminar davomida ishtirokchilar sud ishlarini yuritishda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil choralarni qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiyat bilan tanishish bilan birga uni takomillashtirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati