Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bugun tug‘ilgan kun – Aliya Yunusova
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Aliya Yunusova 1961 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. U yuridik fanlar nomzodi,  20 yildan ortiq vaqt davomida bolalar huquqlari bilan shug‘ullangan. 2004 yildan beri uch marta Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

Aliya Tuygunovna 2020 yildan buyon Bola huquqlari bo‘yicha vakil sifatida faoliyat yuritmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) jamoasi Aliya Tuygunovnani tavallud ayyomingizning 60 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi. Ushbu qutlug‘ kunda Sizga mustahkam sog‘lik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilaymiz!

Bola huquqlarini taʼminlashda kuch va shijoat Sizni aslo tark etmasin!