Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Misrga amalga oshirilgan tashrif tafsilotlari
Xabaringiz bor, Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Misr Arab Respublikasiga tashrif buyurgan edi.

Qayd etish lozimki, mazkur tashrifni tashkil etishdan maqsad - hozirgi kunda Misrda taʼlim olayotgan voyaga yetmagan shaxslarning o‘qish va yashash shart-sharoitlari o‘rganish hamda inson, jumladan bolalar huquqlarining kafolatlanishi bo‘yicha Misr parlamenti va tegishli davlat idoralari bilan ishlash bo‘yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlash edi.

Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Elchixonasida musofirchilikda yashayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida ularning turmush tarzi, yashash sharoitlari, bola huquqlarining taʼminlanishi bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandi hamda berilgan savollarga javob berdi.

Shuningdek tashrif doirasida Bola huquqlari bo‘yicha vakil boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Misr Senati Inson huquqlari qo‘mitasi raisi Muhammad Ahmad Abdusalom Haybat, Misr Arab Respublikasi Talim va tarbiya vaziri o‘rinbasari Rido Xijoziy, Vakillar palatasining Ijtimoiy birdamlik qo‘mitasi Raisi, O‘zbekistonning Misrdagi turizm elchisi Abdulxodiy al-Qasbiy va Misr Vakillari kengashidagi Inson huquqlari qo‘mitasi Raisi Toriq Rizvon, “Al-Azhar” majmuasi shayxining xorijiy talabalar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Muhammad ad-Duvayniy, Misr Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va vakillari bilan uchrashib, O‘zbekistonda bola huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilgan islohotlar haqida maʼlumot berildi.

Muloqot davomida ham musofirchilikda kun ko‘rayotgan insonlar huquqlarini taʼminlash, ularga taʼlim olish va mehnat qilishlari uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish borasida hamkorlikda amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha fikr almashildi. Shu bilan birga, Bola huquqlari bo‘yicha vakil hamyurtlarimiz tomonidan ko‘tarilgan masalalar va takliflarni Misrdagi mutasaddi vakillarga yetkazib, bu boradagi o‘z fikr-mulohazalarini ham bildirdi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati