Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman  YXHTining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlarini qabul qildi
Joriy yilning 27 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Ehtiyojlarni baholash missiyasi (YXHT DIIHB EBM) ekspertlari Aleksey Gromov va Martina Barker-Sigannikovalar bilan uchrashdi.

Suhbat davomida Ombudsman so‘nggi yillarda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan bog‘liq keng qamrovli islohotlar haqida maʼlumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida Ombudsman institutining mustaqilligini mustahkamlash va uning qamoqda saqlanayotgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatlarini yana-da kengaytirishga qaratilgan “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjatga ko‘ra Ombudsmanga Konstitutsiyaviy sudga masalalar kiritish, uning majlislarida ishtirok etish va ushbu tadbirlarda o‘z nuqtai nazarini bayon etish, fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab arizalar va daʼvolar bilan sudlarga davlat boji to‘lamasdan murojaat etish huquqlari va vakolatlari berildi. 2019 yilda Ombudsman huzurida qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm yo‘lga qo‘yilib, bu orqali jazoni ijro etish muassasalarida, tergov hibsxonalari va boshqa yopiq muassasalarda inson huquqlarining taʼminlanishi bo‘yicha jamoatchilik nazorati o‘rnatildi.

Uchrashuvda 2021 yildan Ombudsman huzuridagi qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida jazoni ijro etish muassasalari, tergov xibsxonalari va boshqa yopiq muassasalarga jamoatchilik vakillari hamda OAV ishtirokida o‘tkaziladigan monitoring tashriflarini tizimli yo‘lga qo‘yilgani hamda bu borada Parlamentga muntazam tarzda maʼlumotnoma kiritib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Shuningdek, o‘zaro muloqot davomida 2021 yilda Ombudsman nomiga yuborilayotgan murojaatlar tahlili hamda shu kunlarda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov jarayonlarida Ombudsmanning o‘rni yuzasidan ham o‘zaro fikr almashilindi. Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati