Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Xorazmdagi vakili hibsxonada saqlanayotgan mahbus murojaatini o‘rgandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Xamro Bektemirovga Viloyat IIB vaqtincha saqlash hibsxonasida ushlab turilgan mahbus murojaat qilgan edi.

Ombudsman qutisi orqali yuborilgan ushbu murojaatni o‘rganish maqsadida Xamro Bektemirov tegishli hibsxonaga borib mahbus bilan uchrashdi.

Qabul davomida mahbus ancha yillardan beri oyoq og‘rig‘idan qiynalib kelishi, lekin kasallik zo‘raygani sababli chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatilishida yordam so‘rab murojaat qildi.

Ushbu murojaat joyida hal etilib, bemor mahbusga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi taʼminlandi va hibsxona rahbariyatiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Mintaqaviy vakil tomonidan tavsiyalar berildi.

Shu kuni, Ombudsmanning Xorazmdagi vakili yana bir fuqaroning murojaatini hal etdi. Anchadan buyon ish qidirib yurgan ayol Viloyatdagi maktabgacha taʼlim muasasasalarning biriga tarbiyachi sifatida ishga joylashtirildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati